info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

ISHDAGI TAJRIBALILAR SPORT MAYDONIDA KURASHDILAR

ISHDAGI TAJRIBALILAR SPORT MAYDONIDA KURASHDILAR

1 daq. 0 Ko'rishlar
✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 40 yoshdan oshgan erkak xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

📗 Yosh bu — raqam, sportga bo‘lgan ishtiyoq esa chegara bilmaydi. Musobaqa davomida jamoalar maydonda nafaqat g‘alaba uchun kurashdi, balki tajriba, chaqqonlik, jamoaviy hamjihatlik va haqiqiy sport ruhini namoyon etdi.

⚽️ Keskin bahslar, chiroyli uzatmalar, darvoza tomon yo‘llangan zarbalar va g‘alabaga bo‘lgan intilish musobaqaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Murosasiz va qiziqarli uchrashuvlar yakuniga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — “Karyer” jamoasi
🥈 2-o‘rin — Temir yo‘l sexi jamoasi
🥉 3-o‘rin — Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi jamoasi

🏆 G’olib jamoalar korxona rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar