Yangiliklar
Jazirama issiqda xavfsizlik – har bir xodim salomatligi uchun muhim!
Respublikamizda, ayniqsa cho’l hududlarida havo haroratining keskin ko’tarilishi hamda jazirama issiq to’lqinining kuzatilishi munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlarning mehnat sharoitlari o’rganildi.

✔️Korxonaning Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi, Tibbiyot bo’limi hamda Matbuot xizmati hamkorligida Karyer va Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexlarida ishlovchi xodimlar bilan profilaktik targ’ibot ishlari olib borildi.
Mutaxassislar tomonidan xodimlarga:
🔹 issiq havoda xavfsiz mehnat qilish qoidalari;
🔹 suv iste’moli va dam olish tartibiga rioya etish;
🔹 yengil va och rangli ish kiyimlaridan foydalanish;
🔹 quyosh urishi hamda issiqlik ta’sirining dastlabki belgilari;
🔹 o’z salomatligi va yonidagi hamkasblar holatini doimiy nazorat qilib borish bo’yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
💦 Shuningdek, xodimlarga “Issiq havoda xavfsiz ishlash bo’yicha eslatma” hamda suv tarqatilib, jazirama kunlarda mehnatni xavfsiz tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar yetkazildi.
🎗Korxonamizda xodimlar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda issiq ob-havo sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavflarning oldini olish bo’yicha tizimli ishlar davom etadi.

Tavsiyalar
- Issiq ob-havoda xavfsiz mehnat qilish qoidalari
- Suv iste’molini me’yorida saqlash va yetarli dam olish
- Issiqlik zarbasi va suvsizlanishning oldini olish usullari
Xodimlar salomatligi va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash — kompaniyamizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.