info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

KORXONANING ENG YAXSHI YOSH PAYVANDCHI ANIQLANDI

KORXONANING ENG YAXSHI YOSH PAYVANDCHI ANIQLANDI

1 daq. 0 Ko'rishlar
▶️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini namoyon etishga qaratilgan “Eng yaxshi yosh payvandchi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

💥 Payvandchilar aniqlik, mustahkamlik, sabr va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish jihatlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

✍️ Ishtirokchilar dastlab nazariy bilimlarini namoyish etib, payvandlash texnologiyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga oid savollarga javob berdilar. Amaliy bosqichda esa belgilangan topshiriq asosida metall detallarni tayyorlash va payvandlash ishlarini bajardilar. Hakamlar ish jarayonida payvand chokining sifati va aniqligi, topshiriqni bajarish texnikasi, ish joyini to‘g‘ri tashkil etish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda vaqt me’yorini alohida baholadilar.

Kasbiy bellashuv yakuniga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — Toshturdiyev Abdufattoh, 3-sex payvandchisi
🥈 2-o‘rin — Nurmuratov Nurken, 1-sex payvandchisi
🥉 3-o‘rin — To‘xtayev Doston, 2-sex payvandchisi.

✔️ G‘oliblarni korxona bosh direktori Denis Valeryevich Petropavlovskiy taqdirlab, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish korxona uchun muhim yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.

🏆 Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar