Yangiliklar
KORXONADA ISO 9001:2015 STANDARTI BO‘YICHA RESERTIFIKATSIYA AUDITI O‘TKAZILDI

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “CERT INTERNATIONAL” sertifikatlashtirish organi tomonidan ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablari asosida joriy etilgan Sifat menejmenti tizimi bo‘yicha resertifikatsiya auditi o‘tkazildi.
✍️ Audit davomida Sifat menejmenti tizimining xalqaro standart talablariga muvofiqligi va samaradorligi, asosiy ish jarayonlarining tashkil etilishi, mahsulot sifatini ta’minlash, iste’molchilar talablarini qondirish hamda tizimni doimiy takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📊 Shuningdek, korxonaning tegishli tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlashtirilgan jarayonlar, ichki nazorat va monitoring ishlari hamda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
✅ Audit yakunida korxonada ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq Sifat menejmenti tizimini samarali amalga oshirish va muntazam takomillashtirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.