info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI — EKOLOGIK BARQARORLIK YO‘LIDA

ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI — EKOLOGIK BARQARORLIK YO‘LIDA

1 daq. 0 Ko'rishlar
✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJga Toshkent kimyo-texnologiya universiteti vakillari tashrif buyurib, korxona mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

▶️ Uchrashuv davomida tomonlar ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, sanoat oqova suvlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tozalash va qayta foydalanish masalalarini muhokama qildilar.

✔️ Shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarishning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ko‘rib chiqildi.

🤝 Muloqot yakunida mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy-amaliy ishlarni olib borish, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar