info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MCHJDA SAVODXONLIK SINOVI: “UMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI O‘TKAZILDI

“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MCHJDA SAVODXONLIK SINOVI: “UMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI O‘TKAZILDI

1 daq. 0 Ko'rishlar
✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda davlat tilining nufuzini oshirish, xodimlarning yozma nutq madaniyatini yuksaltirish hamda imlo qoidalariga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.

▶️ Korxona ishchi-xodimlari ishtirok etgan tanlovda qatnashchilarning o‘zbek tilida bexato yozish, imlo va tinish belgilaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yozma nutq ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

▶️ Ishtirokchilarning diktant ishlari hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilib, savodxonlik darajasi va imlo qoidalariga rioya etilishi asosida baholandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar aniqlandi:

🥇 1-o‘rin — Davronov Jamshid, 3-sex uchastka boshlig‘i.

🥈 2-o‘rin — To‘xtayeva Ma’mura, 11-sex laboranti.

🥉 3-o‘rin — Eshmamatov Suhrobjon, 1-toifali muhandis-mexanik.

✔️ G’oliblar korxona rahbariyati tomonidan pul mukofotlari hamda diplom bilan taqdirlandi.

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar