info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

“RAHBAR VA YOSHLAR”: TASHABBUSLAR — KORXONA RIVOJI UCHUN

“RAHBAR VA YOSHLAR”: TASHABBUSLAR — KORXONA RIVOJI UCHUN

1 daq. 0 Ko'rishlar
✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda mavjud masalalarga birgalikda yechim izlashga qaratilgan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

♻️ Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvni korxona bosh direktori Denis Valeryevich Petropavlovskiy hamda bosh direktorning ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari — bosh muhandis Obidjon Amirkulov olib bordi.

✍️ Muloqot davomida yoshlar tomonidan ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi. Xususan, mukofot pullarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga mutanosib ravishda rejalashtirish, yosh va tajribali mutaxassislarning malaka razryadlarini qayta ko‘rib chiqish, ishchilar uchun mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi yo‘nalishida o‘quvlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

✔️ Shuningdek, korxona imidjini yanada mustahkamlash maqsadida zamonaviy professional talablarga javob beradigan yangi logotip ishlab chiqish, xodimlarni tashishga xizmat qilayotgan, foydalanish muddati va texnik holati talabga javob bermaydigan avtobuslarni bosqichma-bosqich yangilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

🤝 Bosh direktor Denis Valeryevich Petropavlovskiy korxona rivojiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, yuqori ishlab chiqarish natijalariga jamoaviy hamjihatlik orqali erishish mumkinligini ta’kidladi.

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar