info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

Hurmatli avtomobil transporti sohasi xodimlari!

Hurmatli avtomobil transporti sohasi xodimlari!

1 daq. 0 Ko'rishlar
Sizlarni oktabr oyining so‘nggi yakshanbasida nishonlanadigan kasb bayramingiz — Avtomobil transporti xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Bugungi kunda korxonamizning Avtotransport va Kon transporti sexlarida ko‘plab xodimlar samarali mehnat qilmoqda.

Sizlarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatingiz korxonamiz ishlab chiqarish faoliyatining muhim bo‘g‘inidir. Qazib olingan xomashyoni tashishdan tortib, tayyor mahsulotlarni xaridorlarga o‘z vaqtida yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarda sizlarning munosib hissangiz bor.

Har bir bosib o‘tilgan masofa, o‘z vaqtida yetkazilgan yuk va uzluksiz ishlayotgan texnika ortida sizlarning kasbiy mahoratingiz, fidoyiligingiz hamda mas’uliyatingiz mujassam.

Aziz hamkasblar!

Fursatdan foydalanib, korxonamiz rivojiga qo‘shayotgan munosib hissangiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, sharafli mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Yo‘llaringiz ravon, manzillaringiz bexatar, mehnatingiz barakali bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ bosh direktori D. V. Petropavlovskiy

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar