YILNING ENG FAOL YOSH KIMYOGARI ANIQLANDI

yk1

Bugun “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Yilning eng faol yosh kimyogari” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilari tanlovning tanishtiruv, test shaklidagi savol-javob va amaliy mashg‘ulotlar shartlarida bellashdilar.

yk3

Tanlov natijasida: ✔️Birinchi o‘rinni Laboratoriya bo‘limi laboranti Rushana Sayfullayeva; ✔️Ikkinchi o‘rinni Kuydirish bo‘limi operatori Abusaid Nematov; ✔️Uchinchi o‘rinni Laboratoriya bo‘limi laboranti Kumis Kazakboyevalar qo‘lga kiritdi.

yk5

🎖Tanlov g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

“O‘zkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda an’anaviy tarzida o‘tkazib kelinayotgan mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirishga xizmat qilmoqda.