3D4A5748

Fosforit uni

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ da ishlab chiqariladigan fosforit uni kulrang yoki kulrang-jigarrang rangli, hidsiz mayda kukun hisoblanadi.

Gigroskopik emas, yaxshi tarqaladi. Agar atmosfera yog‘inlari kirmasa, fosforit uni uzoq muddatli saqlanish vaqtida fizik va kimyoviy xususiyatlarini yo‘qotmaydi hamda xavfli xususiyatlarni paydo qilmaydi.

O‘g‘it suvda erimaydi, toksik emas.

Fosforit uni ekologik toza mahsulot bo‘lib, uning tarkibida fosfor oksidi, kaltsiy oksidi, magniy oksidi kimyoviy birikmalari mavjud.

 

 

NIMA UCHUN AYNAN FOSFORIT UNI ?

Aynan fosforit uni o‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan 11 dan ortiq elementlarni tarkibida saqlaydi.
U ekinlarning hosildorligini yaxshilashga, turli kasalliklarga, qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamliligini oshirishga yordam beradi💧Shuningdek, fosforit uni o‘simlikning ildizigacha yetib borib, uni mustahkamlashga, tuproqqa chuqurroq kirib borishiga, yerning namlik ta’minotining yaxshilanishiga yordam beradi.

FOSFORIT UNI SUVDA ERIYDIGAN O‘G‘ITLARDAN FOYDALIROQDIR

 ♻️Fosforit uni fiziologik kislotali o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llanganda ularning o‘zlashtirish darajasini 15-20 foizga oshiradi. Ekinlarning besh yillik almashlab ekish davrida boshoqli ekinlarning hosildorligini 1,5-2 tonnagacha ko‘paytirishi mumkin. Ayniqsa, ko‘p yillik yem-xashak o‘simliklarini yetishtirishda ajralmas ozuqa ekanligi bilan ahamiyatlidir. 

 ☑️ Hozirgi vaqtda fosforit uni tuproqdagi fosfat miqdorini yaxshilash va og’ir metallar bilan ifloslangan tuproqni qayta tiklashning yagona usuli hisoblanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, fosforit unining foydali xususiyati suvda eriydigan fosforli o’g’itlardan oshib ketadi.

3D4A5748

Fosforit uni

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ da ishlab chiqariladigan fosforit uni kulrang yoki kulrang-jigarrang rangli, hidsiz mayda kukun hisoblanadi.

Gigroskopik emas, yaxshi tarqaladi. Agar atmosfera yog‘inlari kirmasa, fosforit uni uzoq muddatli saqlanish vaqtida fizik va kimyoviy xususiyatlarini yo‘qotmaydi hamda xavfli xususiyatlarni paydo qilmaydi.

O‘g‘it suvda erimaydi, toksik emas.

Fosforit uni ekologik toza mahsulot bo‘lib, uning tarkibida fosfor oksidi, kaltsiy oksidi, magniy oksidi kimyoviy birikmalari mavjud.

 

 

📌 FOSFORIT MAHSULOTLARI ASOSAN O‘G‘IT ISHLAB CHIQARISHDA FOYDALANILADI

Fosforit mahsulotlari ishlatiladigan asosiy soha bu-superfosfatlar va ammofos deb ataladigan fosforli o’g’itlar ishlab chiqarishdir. Ularqishloq xo’jaligida quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi:

✔️O’simlikning qarish jarayonini sekinlashtirish;

✔️Hosilni yaxshilash;

✔️O’simliklarni barcha kerakli mineral va organik moddalar bilan oziqlantirish;

✔️O’simliklarning meva va gullash bosqichiga o’tish davrini tezlashtiradi;

A markadagi yuvib quritilgan Toshqo‘ra fosforit kontsentrat

A markadagi yuvib quritilgan Toshqo‘ra fosforit kontsentrati (KMS) - 16%dan kam bo‘lmagan

A va B markali yuvib kuydirilgan fosforit kontsentrat

A va B markali yuvib kuydirilgan fosforit kontsentrati (KMO)- А marka 28%, В marka 26 %dan kam bo‘lmagan

Fosforit uni

Fosforit uni (Fos Muka)-16% dan kam bo‘lmagan

DENGIZ VA DARYO JINSLARINING CHO‘KINDISIDAN PAYDO BO’LGAN KIMYOVIY ELEMENTNI BILASIZMI?

☑️ Fosfor suv jonzotlari🐟, chig‘anoqlar 🐚va boshqa jonzodlarning suyaklaridan paydo bo‘luvchi kimyoviy mo‘jizalardan hisoblanadi. Ular fosfatli jinslarning yemirilishi, daryolarning dengizga oqizib chiqqan boshqa jinslar bilan ta’sirlanishi natijasida va tarqoq cho‘kindilar holatida ham, yirik to‘planish hosil qilish bilan ham paydo bo‘ladi. Barcha cho‘kindili kalsiy fosfatlarining ma’lum miqdori – chig‘anoq va suyaklardan tashkil topgan yer qobig‘ining ko‘p joylarida geologik va kimyoviy jarayonlar ta’sirida to‘plangan fosfor hissasiga to‘g‘ri keladi.

✅ Cho‘kindili kalsiy fosfatlarning tuzilishiga ko‘ra, asosan fosforitli to‘planishlar:
— organogen;
— donador;
— qatlamli turlarga bo‘linadi.