Notice: Функция _load_textdomain_just_in_time вызвана неправильно. Загрузка перевода для домена construction-light была запущена слишком рано. Обычно это индикатор того, что какой-то код в плагине или теме запускается слишком рано. Переводы должны загружаться при выполнении действия init или позже. Дополнительную информацию можно найти на странице «Отладка в WordPress». (Это сообщение было добавлено в версии 6.7.0.) in /home/mail0189/public_html/wp-includes/functions.php on line 6121
«Savol-javob» bo‘limi — “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ

Savol-javob

1. Savol: “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ da ishlab oliy ma’lumotga ega bo‘lmoqchiman. Bir vaqtning o’zida o’qish va ishlash mumkinmi?
Javob: Hozirda jamiyat ishchisi bo’lib, ayni paytda oliy ma’lumotga ega bo’lish mumkin. Siz tegishli yo’nalish bo’yicha oliy o‘quv yurtlarining sirtqi va kechki bo’limlariga umumiy tartibda ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Buning uchun Siz oliy o‘quv yurtlarining qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirib, test sinovlaridan o‘tishingiz mumkin. Hujjatlarni topshirish muddati 15-iyundan 15-iyulgacha.
 
2.Savol: “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ da ishchi-xodimlar o’qitiladimi?
Javob: Ehtiyoj doirasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ da asosiy kasblar bo‘yicha ishchi-xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish amalga oshiriladi.
 
3.Savol: “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ da ish jadvali qanday?
Javob: Ish kuni dushanbadan jumagacha, soat 08:00 dan 17:00 gacha davom etadi.
Smena jadvali Siz murojaat qilayotgan lavozimga bog’liq. Batafsil ma’lumotni suhbat davomida olishingiz mumkin.
 
4.Savol: “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari mavjudmi?
Javob:“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 
telegram  Telegram 
facebook  Facebook 
instagram  Instagram
youtube  Youtube 
 
5.Savol: Elektron murojaat yuborish imkoniyati bormi?
Javob: “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ga VIRTUAL QABULXONA orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaatni yuborish uchun virtual qabulxona manzili
https://murojaat.fosforit.uz/