Ish beruvchi – Jamiyat direktori;

Bo‘sh ish o‘rni (lavozim) – Jamiyatga yangi xodimni qabul qilish yoki jamiyatda mehnat qilib kelayotgan xodimni otkazish mumkin bolgan vakant lavozim;

Boshqaruv lavozimlari – bevosita Jamiyatning boshqaruvidagi lavozimlar;

Nomzod – Jamiyatdagi bosh ish orniga ishga kirishni yoki otishni xohlovchi jismoniy shaxs;

Test sinovi – nomzodlarni nazariy bilimlarini aniqlash maqsadida otkaziladigan jarayon;

Suhbat – nomzodlarni ishga qabul qilish yoki boshqa ishga otkazish boyicha Jamiyatning tanlov komissiyasi ishtirokida otkaziladigan muloqoti;

Tanlov–bosh lavozimga chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatga va axloqiy fazilatlarga ega bolgan nomzodlarni tanlab olish jarayoni.

Tanlov komissiyasi – jamiyat huzurida doimiy tarkibda faoliyat yurituvchi mutaxassislardan iborat bo‘lgan bo‘sh ish lavozimiga talabgor nomzodlarni bilim va ko‘nikmalarini o‘rnatilgan Nizomda amaliy va nazariy sinovdan o‘tkazuvchi ishchi guruh.

Komissiya raisi – tanlov jarayonini o‘tkazish uchun doimiy tarkibda faoliyat yurituvchi ishchi guruh rahbari.

Komissiya a’zolari – tegishli sohalar boyicha bilim va tajribaga ega bolgan, tanlov jarayonini otkazish uchun doimiy tarkibda faoliyat yurituvchi rahbar xodimlar.

Komissiya kotibi – tanlov jarayonini o‘tkazish uchun doimiy tarkibda faoliyat yurituvchi ishchi guruh faoliyatini tashkillashtiruvchi hamda yakuniy qarorlarini rasmiylashtiruvchi mas’ul xodim.

Nomzodni baholash – nazariy imtihon, amaliy organishlar va suhbat natijasiga kora komissiya tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat;

Golib – tanlovda ishtirok etgan va yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, bo‘sh o‘rniga ishga qabul qilishga tavsiya etilgan nomzod.

1.3. Mazkur Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qaror va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori, tarmoq tasniflagichlari va boshqa me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqildi.

1.4. Jamiyatda bo‘sh ish o‘rini (lavozim)ga ishga qabul qilish uch xil tartibda amalga oshiriladi:

Birinchi tartib – Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasiga asosan;

Ikkinchi tartib – Jamiyat yuqori turuvchi organining kelishuvi va tavsiyasiga asosan;

Uchinchi tartib – tanlov o‘tkazish orqali.