O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-5133-sonli qarorining 4.1-ilovasi, “AMMOFOS-MAXAM” AJda tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokidagi 2022-yil 15-iyuldagi konferensiya bayoni, hamda «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MCHJning 2022-yil 09-avgustdagi “Jamiyatda sifat menejmenti tizimini joriy qilish to‘g‘risida”gi 365-buyrug’i, shuningdek ushbu buyruqning 1-ilovasida keltirilgan, 2022-yil 09-avgustda tasdiqlangan “Sifat menejmenti tizimini joriy qilish tarmoq jadvali” va “QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MCHJning 2022-yil 09-avgustdagi “Sifat menejmenti tizimi sohasidagi diagnostik auditni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 365-buyrug’i asosida tashkilotda diagnostik audit o‘tkazildi.
“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MChJ 2023-yilning 7-sentabrida “Сert International” sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan ISO 9001:2015 standarti talabiga javob berishini tasdiqlovchi QMS-1161/A sonli sifat sertifikatini qo‘lga kiritdi.
“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MChJ ning 2023-yil 26-dekabrdagi 694-sonli bo‘yrug‘i asosida korxonada Integralashgan menejment tizimi sohasidagi siyosat amalga kiritildi.
“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MChJ ning 2024-yil 20-avgustidagi 363-sonli “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlar talabariga muvofiqlik bo‘yicha 1-kuzatuv auditining o‘tkazilishi to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida korxonada “Sert International” sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan 1-kuzatuv auditi o‘tkazildi. Audit xulosasiga ko‘ra korxona faoliyatida menejment tizimlari sohasida nomuvofiqliklar aniqlanmadi.
Jamiyatning integrallashgan menejment tizimi bo‘yicha
rahbariyat vakili: Barno Urakova
e-mail: b.urakova@fosforite.uz
Ish tel.(+998) 79-222-00-57, 8678
Mobil tel. (+998) 91 339 27 72