“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MChJ O’zbekiston Respublikasining fosforli ma’dan qazib olish va boyitish sohasidagi eng yirik korxona boʻlib, 20 yildan ortiq davr mobaynida respublikamizning qishloq xo’jaligi uchun zarur boʻlgan ammofos, superfos va boshqa shu kabi fosforli oʻgʻitlar yetkazib beruvchi yirik kimyo korxonalarini boyitilgan fosfor xom ashyosi bilan ta’minlab kelmoqda.
«QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ faoliyatining asosiy ishlab chiqarish yo‘nalishi – fosforli ruda qazib olish, fosforit konsentrati va fosforit uni ishlab chiqarishdan iboratdir
«QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» MChJ da ishlab chiqarilayotgan fosfotli mahsulotning eng yirik iste’molchilari: “Ammofos-Maksam” AJ, “Indorama Holdings BV”, «Ferganaazot» AJ, «Navoiyazot» AJ va «Samarkandkimyo» AJ lar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 77-son “Kimyo sanoati sohasida fosforli o‘g’itlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g’risida” Qaroriga asosan “Olmaliq KMK” AJga tegishli “Qizilqum fosforit kompleksi” aktivlarini balans qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish hisobiga berish orqali uning negizida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ (mas’uliyati cheklangan jamiyati) tashkil etildi.
Korxonaning to‘liq nomi: «QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI» mas’uliyati cheklangan jamiyati.
Jamiyat manzili: O‘zbekistan Respublikasi, Navoiy viloyati, Konimex tumani Karak-ata MFY, pochta manzili – 210503. Navoiy viloyati Konimex tumanida Karak-Ata OFY hududida joylashgan boʻlib, Karak-Ata temir yoʻl bekatidan 45 km, asfalt yo‘l bo‘ylab poytaxt -Toshkent shahridan 659 km, viloyat markazi — Navoiy shahridan 140 km, tuman markazidan 115 km, Zarafshon shahridan 70 km, uzoqlikda, A379 yo’lining 140-kmdan shimolga qarab 4 km uzoqlikda Qizilqum choʻlida joylashgan, jamoat transporti qatnamaydi.
Jamiyat manzili: O‘zbekistan Respublikasi, Navoiy viloyati, Konimex tumani Karak-ata MFY, pochta manzili – 210503. Navoiy viloyati Konimex tumanida Karak-Ata OFY hududida joylashgan boʻlib, Karak-Ata temir yoʻl bekatidan 45 km, asfalt yo‘l bo‘ylab poytaxt -Toshkent shahridan 659 km, viloyat markazi — Navoiy shahridan 140 km, tuman markazidan 115 km, Zarafshon shahridan 70 km, uzoqlikda joylashgan.
Maydoni 1183,67 ga.
Jamiyatning ro‘yxatdan o‘tgan sanasi: 04.03.2022 y.
Jamiyatning ro‘yxatga olingan raqami 1107095
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami: 309 341 717, OKED 08910
Jamiyatning rasmiy web-sayti: https://fosforit.uz/
Elektron manzili: info@fosforit.uz