AYOLLAR O‘RTASIDA MINI-FUTBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 💐 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan korxona xotin-qizlari o‘rtasida sportning Mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada korxonaning bo‘lim va sexlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa natijasida:
🥇1-o‘rin Texnik nazorat bo‘limi jamoasiga;
🥈2-o‘rin Transport bo‘limi jamoasiga;
🥉3-o‘rin Ma’muriyat jamoasiga nasib qildi.



Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda korxona ishchi-xodimlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilishga xizmat qiladi.
🏆G‘oliblar korxonaning maxsus diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.