📚 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 2-sexida “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” tamoyili asosida davra suhbati bo‘lib o‘tdi..
☑️ Suhbat davomida jamiyatning komplayens xizmati rahbari Ismoil Nurimov jamiyatning komplayens xizmatida 2022-2023-yillarda amalga oshirilgan ishlar, korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligi va korxonada manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralari to‘g‘risida so‘z yuritdi..



✅ Shuningdek, direktorning yoshlar masalalar bo‘yicha maslahatchisi Sh.Qo‘ldoshev korxonada ishchi-xodimlarga yaratilgan imtiyozlar, bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan davra suhbati savol-javoblar bilan qizg‘in kechdi.