Bayram munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirni korxonaning ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muhandis Obidjon Amirkulov ochib berdi. O.Amirkulov korxonada faoliyat yuritayotgan haydovchilarni bayram bilan tabriklab, ularning fidokorona mehnati, sohada erishgan yutuqlarini alohida e’tirof etib o‘tdi.
✍️ Bugungi kunda bo‘limda 500 ga yaqin avtotransport xodimlari faoliyat yuritib kelmoqda. 🚙 Shular orasida keyingi yillarda jonbozligini ko‘rsatgan, o‘z ishining ustalari, fidoyi mehnatkashlardan 35 nafar xodimga faxriy yorliq va pul mukofotlari topshirildi. Shuningdek, xodimlar uchun bayram dasturxoni ham tashkil qilindi.



