🚊 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Temir yo‘l sexi korxona rivoji va mahsulotlar xaridorgirligini ta’minlashda asosiy o‘rinni egallaydi.

✅ Bugungi kunda Temir yo‘l sexida asosiy 4 ta yo‘nalish faoliyat yuritmoqda. Har bir yo‘nalish o‘ziga xos, bir-birini takrorlamaydigan jihatlari va mashaqqatlari bilan ajralib turadi. Unda 80 ga yaqin temiryo‘lchilar faoliyat olib boradi.

📃 Jamoaning 2023-yilda qilingan ishlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2023-yil yanvar oyidan, oktabr oyiga qadar 6955 vagon 355 118 048 tonna mahsulotni iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berildi. 2022-2023-yillar mobaynida esa 5,6 km temir yo‘l yangilandi, 236 dona vagon va 2 dona manyovr teplovozi ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. Natijada sex xodimlarining faoliyati yaxshilandi.