O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportga jalb etish maqsadida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ erkak jamoalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha korxona turniri o‘tkazildi.

🏐 Unda korxonaning bo‘lim va sexlaridan tashkil topgan 7 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa natijasiga ko‘ra:

🥇1-o‘rin – “Tashkura” karyer jamoasi;
🥈2-o‘rin –Qo‘riqlash xizmati jamoasi;
🥉3-o‘rin — Kon jihozlarini ta’mirlash sexi jamoasi qo‘lga kiritdi.

🏆G‘olib jamoalar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.