🎗Sport nafaqat sog‘lom turmush tarzini garovi, balki, u do‘stlik, birdamlik va o‘rtoqlik muhitini yaratish uchun ham kerakli ta’sirga ega yo‘nalish.
🏐 Bugun “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ hamda “Navoiyazot” AJ ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi ham jamoalarning ana shunday do‘stlik va birdamligini mustahkamladi.
🏆 Erkaklar uchrashuvi o‘zining shiddatli hujumlari bilan yetakchilik qilgan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa;
🎖 Xotin-qizlar o‘rtasidagi o‘yinda “Navoiyazot” AJ barchinoylari ilg‘orlik qildi.
✅ Bu kabi uchrashuvlar tarmoq korxonalari o‘rtasida sport musobaqalarini ommalashtirish, ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sport jamoalarining mahoratini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.




