“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yillik ish rejasiga asosan hamda 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Yoshlarimizni buzgʻunchi gʻoyalardan saqlash – davr talabi” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
✅ Unda korxonada ishchi-xodimlardan 12 nafar ijodkor qatnashdi. Tanlov talablariga ko‘ra, qalamkashlar o‘z ijod namunalarini:
✔️ Rasmlarni ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan, belgilangan vaqt oralig‘ida chizib ko‘rsatishi;
✔️ Taqdim etilgan rasmlar mavzuga aloqador bo‘lishi;
✔️ Chizilayotgan ishlarning originallik talablari javob berishi kabi shartlarda bellashdilar.
Shunday qilib tanlov yakunida:
🥇Birinchi o‘rin, Markaziy laboratoriya laboranti Rushana Sayfiyevaga;
🥈Ikkinchi o‘rin, Temir yo‘l sexi xodimi Yerbol Bejanovga;
🥉Uchinchi o‘rin esa, Avtotransport sexi haydovchisi Azamat Abdullayevlarga nasib etdi.
🏵 G‘oliblarga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.







