✅ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev boshchiligidagi rahbariyat jamoasi korxona bo‘lim-sexlaridagi ishchi-xodimlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

✍️ Yig‘ilishda oylik maoshlarning oshirilishi, vaqtincha to‘xtatilgan mukofot pullarining qaytarilishi bo‘ldi. Shuningdek, yo‘nalishli avtobuslarning o‘rganib chiqilishi lozim bo‘lgan jihatlari, kredit olish bilan bog‘liq muammolar, ishchilar oshxonasidagi tartibni ko‘rib chiqish va undagi oziq-ovqatlarning narx-navolari, ishchi-xodimlarning ish faoliyatiga doir va shaxsiy muammolariga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Kelib tushgan murojaat va takliflar joyida hal qilinib, o‘rganib chiqilishi lozim bo‘lganlari tegishliligicha mutaxassislarga yo‘naltirildi.

☑️ Har bir bo‘lim va sex xodimlari bilan ochiq muloqot, do‘stona muhit shaklida o‘tkazilgan uchrashuvlarda ishchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

🔵 Yig‘ilish so‘ngida R.Saliyev ishlab chiqarish jarayoni, ishchi-xodimlarning ish faoliyati va ishchilar oshxonasidagi holat bilan yaqindan tanishib chiqdi. Xodimlar bilan ish jarayonining o‘zida suhbatlar olib bordi.