✍️ O‘quv jarayoni korxonada joriy qilingan ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi” (SMT) hamda joriy qilinishi rejalashtirilgan ISO 14001:2015 “Ekologiya menejment tizimi”, ISO 45001:2018 “Sog‘liqni saqlash va xavfsiz mehnatni ta’minlash menejment tizimi” va ISO 50001:2018 “Energiya menejment tizimi” xalqaro standartlar talablari asosida olib borilmoqda.
📚 Unda korxonada ushbu yo‘nalishga aloqador bo‘lgan 42 nafar mutaxassis o‘qitilmoqda. 13-dekabrdan 26-dekabrga qadar davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlarida mutaxassislar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib, keyinchalik korxonada integrallashgan menejment tizimini joriy qilinishi doirasida ishchi-guruh sifatida faoliyat yuritadi