✅ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda Yangi yil bayrami munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

📨 Unda korxona bo‘lim va sexlaridan tashkil topgan 14 ta jamoa ishtirok etdi. Asosan mantiqiy savollarga tayangan o‘yin qizg‘in bahs-munozaralarga, chuqur mushohadalarga boy bo‘ldi. O’yin jarayoni hakamlar haya’ti tomonidan nazorat qilib borildi.
Korxona ishchi-xodimlarining intellektual salohiyatini oshirish, fikrlash, bilim-tajribalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida o‘tkazilgan o‘yin natijasiga ko‘ra:

1️⃣ Birinchi o‘rin: “Qizilqum” jamoasiga;
2️⃣ Ikkinchi o‘rin: “Muhandislar” jamoasiga;
3️⃣Uchinchi o‘rin esa: “Temiryo‘lchilar” jamoalariga nasib etdi.

🏵 G‘olib jamoalar korxona rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.