✅ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning faol jamoasi kuni kecha ham bir qator ishchi-xodimlar xonadonida bo‘lib, bolajonlarga sovg‘alar ulashdi. 🎁
☃️ Ushbu tadbir orqali ko‘plab xonadon vakillari, mo‘jizalarga ishongan bolajonlarga haqiqiy bayramona kayfiyatni ulashishga erishildi. Bolajonlardagi hayajon, ko‘zlaridagi hayrat va minnatdorchilik izhorlari buni namoyon etib turdi. Kutilmagan sovg‘alari bilan tashrifda bo‘lgan qorboboga esa bolajonlar o‘zlarining yod olgan she’r va qo‘shiqlarini aytib berishdi.
🔷 Mana shunday yangi yil quvonchlari, orzu-umidlar ro‘yobi barchaning xonadoniga fayz bag‘ishlab turishiga tilakdoshmiz!



