“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ MM va SX bo‘limi ishchi-xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-ma’rifat soat”da ishtirok etishdi. “Siyosiy-ma’rifat soat”da bugungi kunning eng muhim va dolzarb voaeliklari, yangiliklaridan xabardor qilib borishga xizmat qilmoqda.

– O‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da yurtimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, yangiliklardan yana bir xabardor bo‘ldik. Unda mamlakatimiz Prezidentining tadbirkorlar bilan qilgan ochiq muloqoti, 2024-yildagi Makraiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar kabi ko‘plab voqeliklar haqida ma’lumotlar berildi. Bu yangilar o‘zimiz uchun yangi rejalar tuzib olishimizda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi jamiyat Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Javlon Qahhorov.