“Siyosiy-ma’rifat soati”da jamiyat direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muhandis O.Amirkulov boshchiligidagi rahbariyat vakillari ishtirok etishib, unda davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan 2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar va takliflar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi davlat xizmatchisi soatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi.

✍️ Har haftaning juma kunida korxonaning barcha bo‘lim va sexlarida “Siyosiy-ma’rifat soat”lari o‘tkazilib borilishi to‘g‘risida kelishib olindi.