Eng faol innovator ayol

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda xotin-qizlarning kasblar va ixtisosliklarini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

✅ Mazkur “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovi uchun jamiyat bo‘lim va sexlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning korxona iqtisodiy samaradorligini ko‘taruvchi g‘oyalari taqdim qilindi.

✍️Ishtirokchilarning loyihalarini baholashda ishlarning o‘ziga xosligi va dolzarbligiga e’tibor qaratildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra,

  • birinchi o‘ringa Kadrlar bo‘limi muhandisi Gulnoza Achilovaning loyihasi;
  • ikkinchi o‘ringa Xo‘jalik ishlari bo‘limi xodimasi Moxira Xamrayeva loyihasi;
  • uchinchi o‘ringa esa Ishlab chiqarish texnik bo‘limi mutaxassisi Urakova Barno loyihasi munosib deb topildi.

G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.