“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori R.N.Saliyev boshchiligida Komplayens xizmatining 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti va 2024-yil rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

✍️ Yig‘ilishda direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim va sex boshliqlari, bosh mutaxassislar va tegishli mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.

📚 Jamiyat Komplayens xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra, 2023-yilda ISO 37001:2016 xalqaro sertifikati qo‘lga kiritildi. Yil sarhisobida 13 ta ommaviy tadbir, 25 dan ziyod individual suhbatlar o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, 6 ta manfaatlar to‘qnashuvi, 4 ta korrupsion xatarlar aniqlanib, ularning oldi olindi.

✅ Shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar tanlash hamda qabul qilish jarayonini ochiq va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Komplayens xizmatining ishtirok etishi joriy qilindi.