KORXONA XOTIN-QIZLARINING SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

✅ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ rahbar ayollari, faol xotin-qizlari ishtirokida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabatiga bag‘ishlangan hamda korxona xotin-qizlarini ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

📚 Davra suhbatida korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini oshirish, Respublika miqiyosidagi tanlovlarda ishtirokini kengaytirish masalalariga qaratilgan takliflar o‘rtaga tashlandi.

🔖 Shuningdek, korxonada xotin-qizlar bog‘ini yaratish, gender tenglik masalalarida ayollarga e’tiborni kuchaytirish, “Kitobxon xodim” tanlovida ishtirok etishga qiziqishni oshirish, ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarga qarshi kurash tizimida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi kelishib olindi.