♻️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 2022-2024-yil uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2023-yilda bajarilishi yuzasidan hisobot konfrensiyasi bo‘lib o‘tdi.
✅ Unda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari F.Soxibov, Respublika Kengashi mehnat-huquq inspektori A.Xasanboyev, Yoshlar masalalari bo‘yicha mutaxassisi Sh.Toirov hamda “QFK” MChJ rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari ishtirok etishdi.
♻️ Konferensiyada korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasining hisoboti eshitildi.
✅ 2023-yilda 2024-yilning 1-yanvar holatiga kо‘ra, Kasaba uyushmasi qо‘mitasi о‘z safiga 1344 nafar a’zolarni birlashtirgan bo‘lib, shundan ayollar soni 142 nafar, yoshlar soni esa 424 nafarni tashkil etadi.