“O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatini yuzaga chiqarish, kimyo sanoati rivojiga xizmat qiladigan innovatsion taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Eng faol innovator ayol” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ nomidan Urakova Barno o’zining “Ishlab chiqarish chiqindilaridan fosforit unini olish usulini joriy etish” loyihasi bilan ishtirok etib qaytdilar.
✅ Faol ishtiroki va taqdim etilgan loyihaning samaradorligi uchun B.Urakova “O‘zkimyosanoat” AJning faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🔷 Bu kabi tanlov va sovrinlar korxona xotin-qizlarining faolligi va ijodiy qobilyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.