✅ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev ishchi-xodimlar muammolarini o‘rganish, rahbar va xodimlar o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, bugungi kunda mamlakatimizda hamda jamiyat tizimida bo‘layotgan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📝 Unda xodimlar tomonidan:
- ishchilarni ishga olib kelishda qo‘yilgan yo‘nalishli avtobuslar nazoratini yaxshilash;
- oylik-maoshlarni oshirish;
- ishchilar oshxonasiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish;
- ishchilar yotoqxonasidagi shart-sharoitlarni yaxshilash;
- ta’mirtalab texnikalar uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash;
- xotin-qizlar ish joylaridagi sharoitlarga e’tiborni kuchaytirish kabi qator murojaatlar kelib tushdi.
🤝 Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan “Rahbar va ishchi-xodimlar” uchrashuvida barcha bo‘lim va sexlarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xizmatchilar ishtirok etdi. Berilgan murojaatlarning hal qilish masalasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.








