💐 NAVRO‘Z SAYLI BO‘LIB O‘TDI

♻️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z sayli va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

💐 Bayramni “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muhandis Obidjon Amirkulov ochib berdi. O.Amirkulov ishchi-xodimlarni yangilanish, yosharish va tinchlik ramzi bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan tabriklab, barchaning xonadoniga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, sihat-salomatlik hamrohligini tiladi.

🔹Shuningdek, milliy taomlar bilan bezatilgan bayram dasturxoni yozilib o‘zbekcha osh damlandi, ko‘k somsalar tortiq qilindi. Korxona jamoasi esa yaxshi niyat bilan yilga baraka so‘rab sumalak osdi. Sumalak tayyorlash jarayonida ayollar va qizlar tomonidan laparlar va kuy-qo‘shiqlar kuylandi.