“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Komplaens xizmati boshlig‘i tomonidan 2024-yil uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda ishchi guruhi a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-mayda qabul qilingan “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori hamda ISO-37001:2016 xalqaro standartining talablari asosida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, korxonada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha savollarga to‘laqonli javoblar berilib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi



