✅ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev boshchiligidagi rahbariyat vakillari Karakata OFYga qarashli Balakarak ovulida bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida cho‘l hududini ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlab berishdi. Homiylik asosida archa ko‘chatlari yetkazilib, aholi yashash hududlari obodonlashtirildi.
💠 Shuningdek, R.Saliyev tashabbusi va homiyligi bilan qishloq aholisiga iftorlik dasturxoni yozilib, yordamga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
✍️ Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, Karakata OFYga qarashli Balakarak ovuli Navoiy viloyat markazidan 150 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 100 ta xonadon vakillari istiqomat qilishadi. Hudud aholisi asosan chorvachilik bilan shug‘illanishadi.
♻️ Mazkur xayrli ish uchun keksalar duoga qo‘l ochib, yurtimiz obod, xalqimiz omon bo‘lishini tilashdi.






