🎗 KORXONA XOTIN-QIZLARI DAM OLISH KUNLARINI SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH O‘YINLARI BILAN O‘TKAZISHDI

💠 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xotin-qizlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘tishlarini ta’minlash, ayollar o‘rtasida uchrayotgan zararli odatlar, asr kasalliklaridan asrash maqsadida Yengil atletika sport o‘yinlari o‘tkazildi.

✅ Unda ayollar

  • 100 metrga yugurish;
  • arqonda sakrash;
  • uzunlikka sakrash kabi shartlarda o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra,
🥇1-o‘rin Matbuot kotibi S.Suyunovaga;
🥈2-o‘rin Xo‘jalik bo‘limi ishchisi Gulmira Temirovaga;
🥉3-o‘rin Qozonxona operatori Elmera Muyidinovalarga nasib etdi.

🏆 Korxona xotin-qizlari uchun tashkil etilgan musobaqa ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi va esda qolardi taassurotlarga boy bo‘ldi. Yakunda g‘oliblarga korxona rahbariyatining esdalik sovg‘alar topshirildi.