“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sportning mini-futbol turini ommalashtirish maqsadini ko‘zlagan musobaqa qizg‘in va kutilmagan vaziyatlarga boy o‘tdi.
Musobaqa natijasiga ko‘ra:
🥇birinchi o‘rin “Tashkura” karyer jamoasiga;
🥈ikkinchi o‘rin “Tashkura” karyer-2 jamoasiga
🥉uchinchi o‘rin esa Nazorat o‘lchov va avtomatlashtirish sexi jamoalariga nasib etdi.
🏆 G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


