“NOTIQLIK MADANIYATI” SEMINAR — TRENINGI BO‘LIB O‘TDI
Har bir soha vakili o‘z fikrini erkin bayon eta olishi ikoniyatlarni yanada kengaytiradi. Shu maqsadda forum ishtirokchilari uchun ham “Notiqlik madaniyati” mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi.
🎥 Seminar-treningni mahoratli jurnalist, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalari universiteti o‘qituvchisi Aisha Xushnazarova olib bordi.
✍️ Unda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik nechta foydalanuvchi bor, zararli deb o‘ylagan tarmoqlarni bloklash yechim bo‘la oladimi, mediaimmunitetni qanday shakllantiramiz kabi mavzularda fikr-mulohazalar almashiladi. Shuningdek, yoshlar bilan interaktiv o‘yinlar va amaliy mashg‘ulotlar ham olib borildi.





