“Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik-tanlovi davom etmoqda.

17-guruh “Uglevodorod xomashyosini va mineral resurslarni uch va undan yuqori bosqichda qayta ishlash asosida iqtisodiyot tarmoqlarida va jahon bozorida talab katta bo‘lgan, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyo mahsulotlari turlarini ishlab chiqarishni tashkillash” mavzusida taqdimot qildi.

✍️ Guruh ushbu mavzuga tabiiy gazdan olinadigan moddalar tarkibidan O‘zbekistonda chiqarilmaydigan super absorbent polimerx moddasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifini berishdi.

📶 Mazkur loyiha ishga tushadigan bo‘lsa, import orqali kirib kelayotgan mahsulotni mahalliylashtirishga erishiladi hamda tibbiyot, qurilish va kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish, oziq-ovqat eksportini amalga oshirishda iqtisodiy tejamkorlikka erishilishini asoslab berishdi.

31.05.2024