Kimyo sanoati yosh mutaxassislari milliy forumining ilmiy-intellektual xakaton doirasida o‘tkazilayotgan “ Eng yaxshi innovatsion g‘oya” ko‘rik-tanlovining 1-guruh vakillaring taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot mavzusi “Galit qoldiqni qayta ishlash texnologiyasini yaratish”.

♻️ Guruh silvinit ma’danlarini (tarkibi asosan kaliy xlorid va natriy xlorid) qayta ishlash natijasida har bir tonna kaliy xloriddan 3-4 tonna galit chiqindilarni ishlab chiqishidan kelib chiqayotgan qator muammolarga yechim sifatida o‘zlarining loyihalarini taqdim qildi.