KUN QAHRAMONI
Hayotining asosiy qismini sevgan kasbini rivojlantirishga harakat qilib kelgan, eng og‘ir vaziyatlarni hal qilishda hamkasblariga doimiy kamarbasta bo‘lgan bugungi qahramonimiz Naim Aripov.
✍️ 20 yildan buyon ta’mirlovchi chilangar, 10 yildan buyon korxona faoliyatida xizmat qilib kelayotgan Naim Aripov o‘tgan yillar va yo‘llarga nazar tashlab o‘z kasbining faxrli ekanligini tilga oladi.
Bugungi kungacha 30 ga yaqin shogirdlarning ustozi, Fosforit ishlab chiqarish sexining tajribali xodimlaridan biridir.
☑️ N.Aripovning hayotda “Ziyrakning aqli tosh yorar,
nomardning mushti bosh yorar”, degan qoidagi qattiq amal qiladi. U o‘z jamoasida talabchanligi va ishiga mas’uliyatligi bilan hurmat qozongan.
10.06.2024