“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Tashqi suv ta’minoti, gaz ta’minoti va kanalizatsiya sexidagi avariyali vaziyatlarni chegaralash va bartaraf etish” bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotda ishchining quduqda jo‘mraklarni almashtirib, chiqayotganda yiqilib tan jarohati olib, hushidan ketganida yordam ko‘rsatish hamda sexning o‘rta bosimli yer usti gaz quvurining yorilishi oqibatida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish amaliyotlari o‘tkazildi. Amaliyot davomida guruhlarning tayyorgarligi, tezkorligi, harakatlarni to‘g‘ri va aniq bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Unda korxona mas’ullari, 19-sonli yong‘in qutqaruv qismi xodimlari, “QFK” MChJ Tashqi suv ta’minoti, gaz ta’minoti va kanalizatsiya sexining ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati, tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ishtirok etishdi.
🔷 Mashg‘ulot yakunida mas’ullar tomonidan kuzatilgan kamchiliklar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, kelgusidagi rejalar aniqlab olindi.
12.06.2024






