“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yoshlar muammolarini o‘rganish, yosh mutaxassislar takliflarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqot qilish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

✍️ Unda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Rustam Saliyev hamda direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh muhandis Obidjon Amirkulov bo‘lim va sexlardagi tashabbuskor, faol va iqtidorli yoshlar bilan suhbatlashdi.

📚 Uchrashuv savol-javob shaklida va takliflarga boy bo‘ldi. Takliflarda korxona iqtisodiy ahvolini yaxshilash, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari, innovatsion g‘oyalari va ratsionalizatorlik takliflar yo‘nalishlarida faolligi oshirish, rag‘batlantirish masalalari ko‘tarildi.

📚 Shuningdek, yosh kadrlarni o‘qitish, korxonada zarur mutaxassislarni ichki imkoniyatdan kelib chiqib tayyorlash bo‘yicha ham savollar o‘rtaga tashlandi.

24.06.2024