Ratsionalizatorlik takliflari ko’rib chiqildi
Takliflar jamiyat direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, bosh muhandis O.Amirkulov boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar o‘zlarining takliflarini taqdimotlari orqali tanishtirib o‘tdilar va natijalar hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra baholandi.
📚 Tanlov natijasiga ko‘ra, AT va AXT bo‘limi rahbari Farhod Namozovning “Fosfor konsentrati ishlab chiqarish sexi yuvish bo‘linmasining 3TRC-liniyasidagi Kukla oziqlantiruvchi-dozalagichidagi import qilingan Kukla DWC kontrollerisiz boshqarish usuli” ishlanmasi ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun yo‘naltirilgan bo‘lsa, Kadrlar bo‘limi xodimi Gulnoza Achilovaning “QFK” MChJga qarashli bo‘sh bino va inshootlardan samarali foydalanish taklifi qayta ishlanishga yo‘naltirildi.
05.07.2024



