YARIM YILLIK NATIJALARGA BAG‘ISHLANGAN HISOBOT YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

2024-yil yanvar-iyun oylari davomida “QFK” MChJda 4819 ming m.kub kon massasi qazib olingan bo‘lsa, qoplama tog’ jinslarini qazish ishlari 4615 ming m.kubga yetkazilgan. Shundan madan qazish ishlari 204 ming m.kub va fosforit madanlarini jo‘natish 448,354 tonnani tashkil qilgan. Shuningdek, burg‘ulash ishlari hajmi 16967 p.m bo‘lgan bo‘lsa, portlatilgan kon massasi 1381,536 ming m.kubga yetkazildi.

✅ 26 va 25 foizli-B markali yuvib kuydirilgan fosforit konsentrati 227855,21 tonna ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 21 foizli yuvib quritilgan fosforit konsentrati 297,60 tonna, shuningdek, 16 foizli fosforit uni 2587,94 tonnaga yetkazildi.

📌 Yig‘ilish so‘ngi yil yakuniga qadar reja asosidagi ishlar va ustuvor vazifalarni bajarilishi yuzasidan takliflar va vazifalarni belgilab olish bilan yakunlandi.

18.07.2024