ENG YAXSHI YOSH PAYVANDCHI ANIQLANDI

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda kasblar bo‘yicha yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini samarali baholash, yoshlar o‘rtasida kasblar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Eng yaxshi yosh payvandchi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🌐 Tanlovda ishtirokchilar “Uyga vazifa”, sohaga oid “savol-javob”, “yamash va kesish” shartlarida o‘zlarining mahoratlarini sinab ko‘rishdi.

💬 Shunday qilib tanlov natijasiga ko‘ra:

✔️ 1-o‘rin “Tashkura” karyer elektrogazpayvanchisi Begzod Xakimov;
✔️ 2-o‘rin “Tashkura” karyer elektrogazpayvanchisi Nurken Nurmuratov;
✔️3-o‘rin Kon transport sexi elektrogazpayvanchisi Abdufattoh Toshturdiyevlarga nasib etdi.

🎁 Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.