ENG YAXSHI YOSH NAZORAT O‘LCHOV ASBOBCHISI ANIQLANDI
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Eng yaxshi yosh nazorat o‘lchov asbobchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, kasbi bo‘yicha o‘zlarining savol-javoblardagi bilimlari, ko‘rgazmali chiqishlari va matematik masalalarini yechish orqali mahoratlarini sinab ko‘rishdi.
📚 Bellashuvlarda jami 7 ta jamoa ishtirok etib, unda bir nafar muhandis bochiligida 2 nafar yosh mutaxassislar tayyorgarlik olib borishdi.
⏳ Shuningdek, tanlovning “Uyga vazifa” shartida ixtirochilik qobiliyati ham namoyish qilindi. Korxona ish faoliyatiga joriy qilish mumkin bo‘lgan ixtirochilik takliflari ko‘rgazmali chiqishlar bilan himoya qilib o‘tildi.
Shunday qilib tanlovda:
✔️ birinchi o‘rin “Ixtirochilar” jamoasiga:
✔️ ikkinchi o‘rin “Nazoratchilar” jamoasiga:
✔️ uchinchi o‘rin esa “Aloqachilar” jamoalariga nasib etdi.
🏆 G‘oliblar korxona rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.




