REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
“QFK” MChJ qoshida universitetning maxsus kafedrasini ochish, yosh mutaxassislar orasida oliy ma’lumotlilar safini kengaytirish hamda yoshlar orasida chet tillarini ommalashtirish va bu orqali xorijiy korxonalarida tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish hamda universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, xorijiy tillarda muloqot qiladigan ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash masalalari bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.
✅ Shuningdek, uchrashuvda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisini tayinlash va unga mos nomzodlarni saralash bo‘yicha ham suhbatlar olib borildi va bunda yoshlar muammolari, fikr va takliflari o‘rtaga tashlandi. Mehmonlar yosh xodimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, ular bilan savol-javoblar olib borishdi.
31.07.2024