KORXONANING ENG YAXSHI TOKARI ANIQLANDI
✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash va yosh mutaxassislarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan “Eng yaxshi tokar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
✅ Tanlovda korxona bo‘lim va sexlarida tokarlik faoliyatini olib borayotgan iste’dodli yoshlar hamda tajribali mutaxassislar ishtirok etdi. Unda ishtirokchilarning uyga vazifalari orqali ijodiy qobiliyatini ochib berish, nazariy bilim va tajribasini yuzaga chiqarish, o‘z kasbi bo‘yicha mohirligi sinovdan o‘tkazildi. Shartlarga ko‘ra bajarilgan ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Shunday qilib tanlov natijasida,
✔️ 1-o‘rin “Tashkura” karyer tokari Nurbek Usmonovga;
✔️ 2-o‘rin “Tashkura” karyer tokari Obid Boboqulovga;
✔️ 3-o‘rin Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexi tokari Hamza Hasanovga nasib etdi.
🎖G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
14.08.2024




